
Ayni damda ijara asosida «Barselona»da to'p tepayotgan «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kris Uiler xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, «to'pchilar» yozgi transfer oynasi oldidan Reshford bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Tarqalgan mish-mishlarga ko'ra, «Barselona» vinger uchun 30 million evro to'lashni istamayapti, biroq «Manchester Yunayted» narx masalasida yon bermoqchi emas.
«Ko'k-anorranglilar» tarkibida Reshford barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushdi, 13 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Qayd etish joizki, 28 yoshli hujumchining «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, «Arsenal»ning navbatdagi uchrashuvi 10 may kuni soat 18:30 da «Vest Xem»ga qarshi bo'lib o'tadi.
O'qildi: 60545 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51130 - Fikirlar: 0
O'qildi: 50914 - Fikirlar: 0





370