
Hujumchi Ansu Fati katta ehtimol bilan faoliyatini «Monako»da davom ettiradi. Insayder Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, monegasklar hujumchini 11 million evro evaziga sotib olish variantini faollashtirishga qaror qilishgan.
Shu bilan birga, Kataloniya klubi futbolchining keyingi sotuvidan ma'lum foiz ulushini o'zida saqlab qoladi.
Ansu Fati «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum yakuniga qadar «Monako»ga ijaraga berilgan edi. Hujumchining «ko'k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda hujumchi «Monako» safida barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Transfermarkt portali Fatining qiymatini 15 million evroga baholamoqda.
O'qildi: 60548 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51131 - Fikirlar: 0





480