
«Barselona» yangi futbolchilarni xarid qilish uchun kerakli mablag'ni yig'ish maqsadida Ferran Torres, Jyul Kunde yoki Rafinya kabi o'yinchilarni sotishni rejalashtirmoqda. Bu orqali klub bosh murabbiy Xans-Diter Flik so'ragan transferlarga sarmoya kiritmoqchi. ESPN xabariga ko'ra, klub 2015 yildan buyon ilk bor Chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritishni maqsad qilgani uchun tarkibni yangilash zarurligini tushunmoqda.Yozgi transfer oynasida «Barselona» hujumchi va markaziy himoyachi pozitsiyalarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, agar Robert Levandovski va Ferran Torres jamoani tark etsa, yana bir vinger va ehtimol yana bir forvard ham olinishi mumkin. Klub transferlar uchun taxminan 100 mln evro mablag'ni aynan futbolchilar sotuvidan topishga umid qilmoqda, bu esa ayrim muhim o'yinchilar jamoani tark etishi mumkinligini anglatadi.Mark Kasado hamda ayni paytda «Monako»da ijara asosida o'ynayotgan Ansu Fati ham klubni tark etishi mumkin. Yozda «Barselona»ning asosiy transfer maqsadlari qatorida «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares va «Inter» himoyachisi Alessandro Bastoni bor.
O'qildi: 60548 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51131 - Fikirlar: 0





481