
Bundan etti yil avval, 2019 yilning 7 may sanasida Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «Liverpul» muxlislari hech qachon unutmaydigan tarixiy bahs bo'lib o'tgan edi. O'sha oqshom mersisaydliklar «Barselona»ni aql bovar qilmas kambek bilan shokka tushirishgan.
«Barselona» o'z uyida kechgan birinchi o'yinda Luis Suares va Lionel Messining (dubl) gollari evaziga 3:0 hisobida g'alaba qozonib, Angliyaga katta ustunlik bilan yo'l olgandi. Biroq, kataloniyaliklar finalga chiqa olishmadi.
«Enfild»da kechgan javob uchrashuvida «Liverpul» 4:0 hisobida zafar quchdi. O'sha kuni Divok Origi va Jorjino Veynaldum dubl qayd etib, jamoasiga mo''jizaviy g'alabani taqdim etishgan.
Ushbu g'alaba evaziga «Liverpul» Evropaning eng nufuzli klub turniri finaliga yo'l oldi va u erda «Tottenxem»ni 2:0 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritdi
O'qildi: 60553 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51135 - Fikirlar: 0





413