
«Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo Madridning «Real» klubiga qarshi bo'lajak o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Mavsumning so'nggi «El-Klasiko»si shu yakshanba, 10 may kuni «Kamp Nou»da bo'lib o'tadi. Kataloniyaliklarga La Liga chempionligini muddatidan oldin qo'lga kiritish uchun durang ham kifoya qiladi.
«Real» bizning ularning ko'z o'ngida chempionlikni nishonlashimizni istamasligi aniq. Ularda yo'qotadigan hech narsa yo'q, shuning uchun biz tajovuzkor o'yin kutmoqdamiz. Ular g'alaba qozonish uchun bor kuchlarini ishga soladilar», — deya Ispaniya OAV Olmoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda.
Yakshanba kungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. Xans-Diter Flik jamoasi mavsum tugashiga to'rt tur qolganda turnir jadvalida «qaymoqranglilar»dan 11 ochko oldinda bormoqda.
O'qildi: 60562 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51139 - Fikirlar: 0





413