
«Barselona»ning afsonaviy sobiq sardori Karles Puyol Madridning «Real» klubi futbolchilaridan kimni o'z sevimli jamoasida ko'rishni istashi haqidagi savolga javob berdi. Mashhur ispaniyalik so'nggi paytlarda aql bovar qilmas sermahsullik ko'rsatayotganiga qaramay, obro'siga biroz putur etgan hujumchi Kilian Mbappeni tanladi.
«Real»dan kimni sotib olgan bo'lardim? «Barselona»ning tarkibi shundoq ham juda yaxshi, lekin agar bitta futbolchini tanlash kerak bo'lsa, ehtimol, Mbappeni aytgan bo'lardim», – deya Puyolning so'zlarini BarcaTimes nashri keltirmoqda.
Frantsiyalik yulduz 2024 yildan beri «qaymoqranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda 27 yoshli hujumchi 41 ta o'yinda maydonga tushib, 41 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O'qildi: 60565 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51141 - Fikirlar: 0





410