
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong Madridning «Real» klubiga qarshi bo'lajak o'yin haqidagi savolga javob berdi. Xans-Diter Flik jamoasi La Liga 35-turi doirasida o'z maydonida «qaymoqranglilarni» qabul qiladi. Mag'lubiyatdan tashqari har qanday natija «ko'k-anorranglilarni» chempionga aylantiradi.
«Biz o'zimizni a'lo darajada his qilyapmiz va o'yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz. La Ligada g'olib chiqish — butun mavsum davomidagi asosiy vazifamiz edi. Biz tarixiy voqea ostonasida turibmiz: menimcha, bungacha faqat bir marta chempionlik tituli bevosita «el klasiko»da qo'lga kiritilgan», — deya de Yongning so'zlarini Barca Universal nashri keltirmoqda.
Uchrashuv yakshanba, 10 may kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00da (11 mayga o'tar kechasi) boshlanadi.
O'qildi: 60565 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51141 - Fikirlar: 0





410