
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski va «Real» himoyachisi David Alabaning manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti Pini Zaxavi o'z mijozlarini Italiyaning top-klublaridan biriga joylashtirmoqchi.
Corriere dello Sport nashrining xabar berishicha, har ikki futbolchi faoliyatini Turinning «Yuventus» klubida davom ettirishi mumkin. Shuningdek, variantlar orasida «Milan» klubi ham tilga olinmoqda.
Polshalik to'purar 2022 yilning yozidan beri «ko'k-anorranglilar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Levandovskining bozor qiymati 8 million evroga baholanmoqda.
Avstriyalik himoyachi esa 2021 yilning iyul oyidan buyon «Real»da o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga etadi. Alabaning ayni damdagi transfer bahosi 3,5 million evroni tashkil etadi.
O'qildi: 60565 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51141 - Fikirlar: 0





427