
«Barselona» hujumchisi Ferran Torres La Liga doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi bo'lib o'tadigan bo'lajak o'yin borasidagi kutilmalari bilan o'rtoqlashdi. Yakshanba kungi «el-klasiko»dagi g'alaba yoki durang «ko'k-anorranglilar»ni finishga uch tur qolganda chempionga aylantiradi.
«Yakshanba kuni har qanday voqea sodir bo'lishi mumkin. Nima bo'lganda ham, «Real»da juda kuchli futbolchilar bor. Ammo hammasi o'zimizga bog'liq: o'yinni qanday nazorat qilishimiz va bahsni qanday boshlashimizga. Menimcha, biz uch ochkoni qo'lga kiritamiz va chempion bo'lamiz. Menga bir necha bor «el-klasiko»larda ishtirok etish nasib qilgan, biroq bo'lajak uchrashuv o'ziga xos bo'ladi», — deya Torresning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 10 maydan 11 mayga o'tar kechasi soat 00:00'da boshlanadi.
O'qildi: 60565 - Fikirlar: 0
O'qildi: 51141 - Fikirlar: 0





438