
Bugun, 10 may kuni Ispaniya La Ligasining 35-turi doirasida mavsumning eng muhim o'yinlaridan biri bo'lib o'tadi. Unda «Barselona» o'z maydonida Madridning «Real» klubiga qarshi bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuv Ispaniya chempionati taqdirini hal qilishi mumkin. Kataloniyaliklarga muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirish uchun bugungi bahsda mag'lub bo'lmaslikning o'zi kifoya qiladi.
The Touchline nashrining jurnalist Karlos Monfortga tayanib xabar berishicha, mezbonlar vingeri Rafinya hali to'liq sog'ayib ulgurmagani sababli asosiy tarkibda maydonga tushmasligi mumkin. «Ko'k-anorranglilar»ning mazkur bahs uchun taxminiy tarkibi quyidagicha ko'rinish olgan: Joan Garsiya, Erik Garsiya (yoki Kunde), Kubarsi, Martin, Kanselu, Pedri, Gavi, Olmo, Lopes, Bardji va Levandovski.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» va «Real Madrid» o'rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (11 mayga o'tar kechasi) boshlanadi.
O'qildi: 60569 - Fikirlar: 0





487