
«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishga yaqin turibdi. Diario Sport nashrining tasdiqlashicha, serbiyalik futbolchi uchun «Bavariya» va «Barselona» asosiy variantlar bo'lib turibdi.
Xabarga ko'ra, 26 yoshli hujumchi allaqachon har ikki klub rahbariyatini o'z qiziqishi haqida xabardor qilgan. Vlahovich yangi jamoasida hatto dastlabki vaqtlarda asosiy tarkib o'yinchisi bo'lmaslikka ham roziligini bildirgan. Endi futbolchi Evropa grandlaridan rasmiy taklif kutmoqda.
Ma'lumot uchun, Dushan Vlaxovichning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi. Joriy mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda jami 20 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O'qildi: 60569 - Fikirlar: 0





430