
Yakshanba kuni Madridning «Real» klubi «Barselona»ga imkoniyatni boy berdi (0:2) va La Ligada chempionlik uchun bor bo'lgan oxirgi imkoniyatlarini ham yo'qotdi. Kilian Mbappe jarohati sababli qaydnomadan tashqarida qoldi.
Uchrashuv davomida yulduz hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi: u o'yinni tomosha qilayotganini ko'rsatib, jamoadoshlariga dalda berdi. Biroq «qaymoqranglilar» muxlislari futbolchining Frantsiyaga uchib ketganidan shubhalana boshlashdi. Chunki suratdan ko'rinib turibdiki, u o'yinni Ispaniyada La Ligani ko'rsatish huquqiga ega bo'lmagan Frantsiya telekanali translyatsiyasi orqali tomosha qilgan.
Bundan avval ham Mbappe Sardiniyadagi ta'til lahzalari tarmoqqa sizib chiqqanida tanqidlarga uchragan edi. «El-Klasiko» oldidan esa futbolchi «Barselona»ga qarshi bahsning asosiy tarkibiga kiritilmaganini bilgach, mashg'ulotni muddatidan oldin tark etgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
O'qildi: 147222 - Fikirlar: 0





499