
«Barselona» o'z maydonida «Real»ni 2:0 hisobida mag'lub etib, Ispaniya chempioniga aylandi. Dushanba kuni «ko'k-anorranglilar»ning chempionlik paradi bo'lib o'tdi. Tadbir davomida kataloniyaliklarning yulduz vingeri Lamin Yamal «Real»ga «piching» qildi.
Ochiq avtobus tomida turgan Yamal «Barselona»ning provokatsion yozuvli futbolkasini namoyish etdi. Unda: «Madridist bo'lmaganim uchun Xudoga shukur», degan so'zlar yozilgan edi.
«Barselona» La Ligadagi navbatdagi o'yinini chorshanba, 13 may kuni o'tkazadi. Shu kuni Xans-Diter Flik jamoasi safarda «Alaves» mehmoni bo'ladi. Eslatib o'tamiz, Lamin Yamal jarohati sababli klubdagi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yubormoqda.
???????? Lamine Yamal shows shirt: “Thanks God I’m not Madridista”. @DAZNFootball @DAZNFutbol ???? pic.twitter.com/GYIBWxqiJn
— Fabrizio Romano (@FabrizioRomano) May 11, 2026O'qildi: 147237 - Fikirlar: 0





380