
Futbol bo'yicha Niderlandiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman "Barselona" safida ijara asosida to'p surayotgan hujumchi Markus Reshfordning kelajagi borasida fikr bildirdi.Tajribali mutaxassisning ta'kidlashicha, Angliya terma jamoasi a'zosi bo'lgan Reshfordning hozirgi transfer bozori sharoitidagi qiymati uning iqtidori va tajribasiga nisbatan ancha past baholanmoqda. Murabbiy "Barselona" rahbariyati futbolchini doimiy asosda jamoada olib qolishi zarurligiga shama qilgan.— Agar "Barselona" ushbu ijara muddatidan so'ng uning "Manchester Yunayted"ga qaytishiga ruxsat bersa, menimcha, ular kelajakda bundan juda afsuslanishadi, — dedi Kuman. — Chunki hozirgi bozor sharoitida 30 million evro evaziga bunday xususiyatlarga, yuqori natijalarga va katta tajribaga ega o'yinchini qo'lga kiritish — bu juda ajoyib va foydali kelishuvdir.
O'qildi: 147237 - Fikirlar: 0





389