
«Barselona» vingeri Lamin Yamal La Ligadagi g'alaba sharafiga tashkil etilgan chempionlik paradi davomida klub muxlislariga qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildirdi.
— Bu aql bovar qilmas darajada. Muxlislar doim biz bilan: yaxshi kunlarda ham, yomon kunlarda ham. Bu bizning butun hayotimiz mazmuni bo'lgan klub. Biz har doim ular bilan birga bo'lamiz, biz ularni sevamiz.
Biz qo'lga kiritilgan har bir sovrinni va g'alaba qozongan har bir mavsumimizni qadrlashimiz kerak, chunki bu oson emas. Juda og'ir yillarni boshdan kechirdik, lekin hozir haqiqiy zavqni his qilyapmiz.
Dushanba, Barselona, odamlarning ishi bor, lekin shunga qaramay fanatlar biz bilan birga.
— Chempionlar ligasidagi g'alaba sharafiga ham parad bo'ladimi? — Albatta, — deya ta'kidladi Lamin Yamal.
Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar joriy mavsumda Chempionlar ligasining chorak final bosqichida «Atletiko»ga imkoniyatni boy berishgan bo'lsa, o'tgan mavsumda yarim finalda «Inter»ga mag'lub bo'lishgan edi.
O'qildi: 147237 - Fikirlar: 0





366