
«Liverpul» markaziy himoyachisi Ibraima Konate «Barselona» qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Frantsiyalik futbolchining «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga atigi bir yarim oy vaqt qolgan bo'lsa-da, u haligacha kelishuvni uzaytirmadi.
TEAMtalk nashrining xabar berishicha, himoya chizig'ini kuchaytirish istagida bo'lgan «ko'k-anorranglilar» 26 yoshli futbolchi uchun kechayotgan poygaga qo'shilishgan. Avvalroq Konatega Madridning «Real», «Bavariya» va «PSJ» kabi klublardan ham qiziqish borligi haqida xabarlar berilgan edi.
Joriy mavsumda futbolchi mersisaydliklar safida barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ydi. Transfermarkt portali markaziy himoyachining narxini 50 million evroga baholamoqda.
O'qildi: 147243 - Fikirlar: 0





573