
«Barselona» hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Xulian Alvares o'rniga Joao Pedro nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, «Atletiko» hujumchisi Alvares uzoq vaqt davomida kataloniyaliklarning asosiy maqsadi bo'lib kelgan. Biroq argentinalik futbolchining transferi bilan bog'liq qiyinchiliklar sababli klub boshqa variantlarga o'tishga majbur bo'lmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra:
«Blaugrana» Alvares uchun 100 million evro to'lashga tayyor edi, biroq «PSJ» bundan ham kattaroq summa taklif qilishi mumkin.
«Atletiko» futbolchini o'z safida saqlab qola olmasligiga ko'zi etgan, lekin uni to'g'ridan-to'g'ri raqobatchisiga sotishni istamayapti.
Shu sababli «Barselona» sport direktori e'tiborini «Chelsi» hujumchisi Joao Pedroga qaratgan. Uning transferi 70 million evroga baholanmoqda. Kataloniyaliklar braziliyalik futbolchining vakillari bilan allaqachon bog'lanishgan. Agar «Chelsi» mavsum yakuniga ko'ra evrokuboklarga yo'llanma ololmasa, «Barsa» uni qo'lga kiritish uchun bor kuchini ishga soladi.
Joriy APL mavsumida Joao Pedro 34 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O'qildi: 147252 - Fikirlar: 0





489