Flik ter Shtegen borasida qaror qabul qildi

Yanvar oyida darvozabon Mark-Andre ter Shtegen «Barselona»dan «Jirona»ga ijara asosida o'tgan edi. Nemis posboni bir nechta o'yin o'tkazgach, jarohat oldi va shundan beri maydonga tushmayapti.
The Athletic nashrining xabariga ko'ra, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ter Shtegen kelasi mavsum uchun uning rejalariga kirmasligini aniq bildirgan. Endilikda tajribali darvozabon o'z kelajagi haqida jiddiy bosh qotirishiga to'g'ri keladi.
Mark-Andre ter Shtegenning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali 34 yoshli posbonni hozirda 4 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Flik qo'l ostidagi «Barselona» yaqinda qatorasiga ikkinchi bor Ispaniya chempioni bo'ldi.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (320/+0)
Yangiliklar (37895/+11)
UzFIFA Yangiliklari (15.05.2026)
Futbol TV Yangiliklari (15.05.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1864)
Eng ko'p o'qilgan
10-May
21:40
"Barselona" APL futbolchilarini superyulduzga aylanmasidan sotib olmoqchi
O'qildi: 147252 - Fikirlar: 0
O'qildi: 147252 - Fikirlar: 0
9-May
17:50
14-May
20:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





492