
«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes «ko'k-anorranglilar»ning Madridning «Real» klubiga qarshi bahslardagi muvaffaqiyatlari haqida fikr bildirdi. Kataloniya klubi so'nggi sakkizta «El-Klasiko»ning ettitasida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.
«Bu biz uchun juda katta ahamiyatga ega. Biz bolaligimizdanoq "Barselona"ga muxlislik qilamiz. Akademiya bitiruvchilari "Barsa" ruhiyati bilan ulg'ayishgan. Sovrinlar yutish odamga zavq bag'ishlaydi, ammo "Real" ustidan qozonilgan g'alabalar — bu butkul bo'lakcha tuyg'u», — deya ispaniyalik yarim himoyachining so'zlarini keltirmoqda Marca gazetasi.
Eslatib o'tamiz, 10 may kuni «Barselona» o'z uyi — «Kamp Nou» stadionida «qirollik klubi»ni qabul qilgan edi. Xans-Diter Flik shogirdlari printsipial raqibni 2:0 hisobida mag'lub etishdi. Ushbu g'alaba evaziga «ko'k-anorranglilar» muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo'lga kiritishdi.
O'qildi: 147261 - Fikirlar: 0





468