
«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal jarohatidan tiklanish jarayoni haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.
The Touchline nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Yamalning tiklanish jarayoni kutilganidan ancha yaxshi ketmoqda. Futbolchi belgilangan tartibga qat'iy amal qilmoqda va mashg'ulotlarni umuman qoldirmayapti. Dastlab u faqat Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turiga kelibgina safga qayta olishi taxmin qilingan edi, biroq hozirda uning turnir boshlanishigacha to'liq sog'ayib ulgurish ehtimoli bor.
18 yoshli hujumchi aprel oyida «Selta»ga qarshi o'yinda jarohat olgan edi. U ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay bilan birga «H» guruhidan joy olgan.
O'qildi: 147261 - Fikirlar: 0





512