
Ispaniya soliq xizmati "Negreyra ishi" deb nomlangan jarayon bo'yicha hisobotni e'lon qildi. Bu haqda "Barca Blaugranes" nashri xabar bermoqda.
Hisobotdan ma'lum bo'lishicha, "Barselona" tomonidan Hakamlar texnik qo'mitasining sobiq vitse-prezidenti Xose Negreyraga o'tkazilgan mablag'lar hakamlarga yoki o'yin natijalariga ta'sir o'tkazish uchun ishlatilganligi haqida hech qanday dalil mavjud emas. Gap taxminan 7,5 million evro miqdoridagi mablag' haqida ketmoqda.
"Barselona" klubi avvalroq barcha to'lovlar qonuniy xarakterga ega bo'lganini va ular texnik hamda tahliliy hakamlik hisobotlari uchun to'langanini ta'kidlagan edi. Soliq organlarining qayd etishicha, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan moliyaviy qoidabuzarliklar alohida tekshiruvni talab qiladi, biroq sport korruptsiyasi o'z tasdig'ini topmagan.
Mazkur ish bo'yicha yakuniy qaror hali ham sud tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
O'qildi: 42554 - Fikirlar: 0





379