
Ispaniya milliy jamoasi yarim himoyachisi Lamin Yamal 2026 yilgi jahon chempionati oldidan milliy jamoaning favorit sifatida qaralayotgani haqidagi savolga javob berdi.— Evro va Millatlar ligasidagi g'alabadan keyin Ispaniyani favorit deb hisoblashmoqda. Bunday bosimni qanday engasiz?— Qizig'i shundaki, Evropada hammasi aksincha edi. Hech kim bizni chempion sifatida ko'rmayotgandi va bu bizga yordam berdi. Maydonda favorit bo'lish hech narsani anglatmaydi. Bu sizga ustunlik bermaydi va ko'proq gol urishga ham yordam bermaydi. Har bir o'yinga jiddiy yondashish kerak. Kuchli jamoalar juda ko'p — Argentina, Frantsiya, Portugaliya, Angliya milliy futbol terma jamoalari — va ularning barchasi jahon chempionatida eng yaxshi o'yinini namoyish etadi. Biz uchun eng muhimi — Ispaniya uchun bor kuchimizni berish va o'z o'yin uslubimizga ishonish. Chunki, mening fikrimcha, biz eng yaxshi futbol o'ynayapmiz, — dedi Yamal FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.





379