
«Real» prezidenti Florentino Peres «Barselona» sha'niga navbatdagi tanqidiy fikrlarini bildirdi. O'z chiqishida Peres yana bir bor kataloniyaliklarning hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vitse-prezidentiga to'lagan to'lovlari bilan bog'liq «Negreyra ishi»ni tilga oldi.
«Negreyra ishi — futbol tarixidagi eng katta dog'. Qanday qilib klub hakamlar texnik qo'mitasi vitse-prezidentiga millionlab evro to'lashi va jazosiz qolishi mumkin? Negreyra bilan birga ishlagan hakamlar hali ham La Ligada faoliyat yuritmoqda. Adolat qaror topmaguncha to'xtamayman», — deya Peresning so'zlarini keltirmoqda The Touchline.
Avvalroq «Barselona» rahbariyati ushbu to'lovlar hakamlikka ta'sir o'tkazish uchun emas, balki hakamlar haqidagi tahliliy hisobotlar uchun to'langanini bir necha bor ta'kidlagan edi.
O'qildi: 65707 - Fikirlar: 0
449