
Hujumchi Robert Levandovski «Barselona»ni tark etganidan keyingi hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi. Polshalik forvard joriy mavsum yakunida jamoadan ketdi.
«Ma'lumki, har uch kunda bosim sezilib turadigan eng yuqori darajada o'ynaganingizda, inson ko'proq diqqatini jamlagan va tarang holatda bo'ladi. So'nggi vaqtlarda hissiyotlar dozasi juda yuqori edi. O'ylaymanki, hozir o'zimni xotirjam va erkin his qilyapman, hayotimning muayyan bir bosqichi yakuniga etdi. Shuningdek, voqealarga masofadan turib qarash imkoni paydo bo'ldi, inson nimalar sodir bo'lganini va nimalarga erishganini yodga ola boshlaydi», — deya Levandovskining so'zlarini keltiradi Polsha futbol ittifoqining «X» ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi.
Levandovski «Barselona»ga 2022 yilning yozida o'tgan edi. O'tgan davr mobaynida 37 yoshli forvard barcha turnirlarda 191 ta o'yinda ishtirok etib, 119 ta gol va 24 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Kataloniya klubi safida u uch bor Ispaniya chempioni, uch marta mamlakat Superkubogi va bir bor Ispaniya Kubogi sohibiga aylandi.
O'qildi: 65714 - Fikirlar: 0
1043