
«Barselona» hujum chizig'ini Xulian Alvares bilan kuchaytirmoqchi va ko'plab insayderlar bir ovozdan 100 million evrolik taklif haqida gapirishmoqda — u yoki allaqachon yuborilgan, yoki tayyorlanmoqda. Ammo «Barselona» uchun 100 million evro etarli bo'lmasligi mumkin.
Bir qator jurnalistlar «Atletiko»ning talablari bundan yuqoriroq ekanligini yozishmoqda. Ben Jeykobs va Xerard Romeroning xabar berishicha, «matraschilar» ushbu transferdan 120 million evrodan ortiq mablag' ishlab olmoqchi. Matteo Morettoga ishonadigan bo'lsak, «Atletiko» 26 yoshli Alvaresning transferidan hatto 130 million evrodan ko'proq daromad ko'rishni maqsad qilgan.
Biroq muhim bir nyuans bor — futbolchining ketish istagi tufayli u klubga bosim o'tkazishi mumkin. Shu sababli, «matraschilar» yakunda yon berishga majbur bo'lishlari ehtimoli yo'q emas.
O'qildi: 65714 - Fikirlar: 0
1020