
Angliya terma jamoasi hujumchisi Entoni Gordon «Nyukasl Yunayted»dan «Barselona»ga o'tgani haqida fikr bildirdi.
«Men «Nyukasl»dan juda minnatdorman. Bu erga kelganimda ham futbolda, ham oddiy hayotda biroz o'zimni yo'qotib qo'ygan edim. Ushbu klub menga jamiyatning bir qismi ekanligimni his qilishga yordam berdi va shaxsiyatimni shakllantirdi. U menga istagan ishim bilan shug'ullanish imkonini berdi, katta sahnaga olib chiqdi va ushbu jamoa libosida to'p surish baxtini taqdim etdi.
«Nyukasl»ga kelgan vaqtimdan beri maydonda ancha o'sganimni his qilyapman. Klub uch yarim yil davomida shaxs sifatida shakllanishimda ham katta rol o'ynadi. Bu erdan yuqori kayfiyatda ketish men uchun juda muhim edi, chunki «Nyukasl»dagi har bir daqiqamdan zavq oldim. Bu aql bovar qilmaydigan klub, uni hech qachon unutmayman. Umrimning oxirigacha ushbu jamoaga muxlislik qilaman», — deya Gordonning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
O'qildi: 65721 - Fikirlar: 0
346