
«Kruzeyro» qanot himoyachisi Kayki Bruno «Barselona»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun ushbu futbolchi nomzodini ko'rib chiqmoqdalar. Shuningdek, braziliyalik o'yinchiga «Flamengo» va «Betis» klublari ham da'vogarlik qilmoqda.
«Kruzeyro» Bruno uchun boshlang'ich narxni 15 million evro etib belgilagan. Ta'kidlanishicha, «Betis» futbolchini o'z safiga qo'shib olishni juda xohlaydi, biroq buning uchun Sevilya klubi avval Evropa Ittifoqiga a'zo bo'lmagan mamlakatlar futbolchilari uchun ajratilgan limit muammosini hal qilishi kerak.
2026 yilgi mavsumda Kayki Bruno barcha turnirlarni hisobga olgan holda 31 ta o'yinda maydonga tushdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
422