
Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik Braziliya terma jamoasi safidagi g'alaba golidan so'ng Rafinya Diasga minnatdorchilik bildirdi.
«Qaymoqranglilar»ning yosh futbolchisi Misr terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvining ikkinchi bo'limi boshida gol urdi. Bu vaziyatda «Barselona» vingeri assistentlik vazifasini bajardi — u qanotdan yorib kirib, uzatma amalga oshirdi.
«Sen ajoyibsan, birodarim, assist uchun rahmat», — deya Endrik Rafinyaning ijtimoiy tarmoqlardagi postiga izoh qoldirdi.
19 yoshli hujumchi uchun ushbu gol Braziliya terma jamoasi safida oxirgi ikki yil ichidagi birinchisi bo'ldi. Uchrashuv Karlo Anchelotti shogirdlarining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Braziliyaliklar Jahon chempionatidagi ilk o'yinini 14 iyun kuni Marokashga qarshi o'tkazadi.
O'qildi: 59084 - Fikirlar: 0
530