
«Real Madrid» prezidenti Florentino Peres mashhur «Negreyra ishi» bo'yicha o'z fikrlarini bir necha bor bildirib o'tgan edi. Peres «Barselona»ning qattiq jazolanishiga erishmoqchi — Madrid klubi Kataloniya grandining hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vitse-prezidentiga qilgan to'lovlari hakamlarga ta'sir o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan deb hisoblaydi. O'z navbatida, «ko'k-anorranglilar» bu mablag'lar faqatgina hakamlik bo'yicha hisobotlar uchun to'langanini ilgari surishgan.
AS nashrining xabar berishicha, «Real» allaqachon UEFAga ushbu ish bo'yicha keng qamrovli hisobot yuborgan. Madridliklar «Barselona»ni o'sha yillar davomida qo'lga kiritgan barcha titullaridan mahrum qilishga urinmoqda. Bundan tashqari, «qaymoqranglilar» Kataloniya klubining evrokuboklardan chetlatilishini ham talab qilishmoqda.
UEFA mazkur masala bo'yicha yakuniy qarorni ushbu ish yuzasidan olib borilayotgan sud jarayonlari to'liq yakunlanganidan so'ng qabul qiladi.
O'qildi: 59091 - Fikirlar: 0
613