
“Barselona” va Ferran Torres shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib borishadi. 26 yoshli hujumchining amaldagi mehnat bitimi tugashiga atigi bir yil qoldi va “ko'k-anorranglilar” rahbariyati futbolchi bilan yangi kelishuv tuzish ustida ish boshlashga qaror qildi, deb xabar beradi jurnalist Roxer Torelo.
Katta ehtimol bilan, ispaniyalik futbolchiga shartnomani yana uch yoki to'rt yilga uzaytirish taklif qilinadi.
Ferran Torres yakunlangan mavsumda Xans-Diter Flik jamoasi safida barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchi 2022 yilning boshidan buyon Kataloniya grandi sharafini himoya qilib kelmoqda, bungacha esa “Manchester Siti” va “Valensiya” klublarida to'p tepgan.
O'qildi: 74694 - Fikirlar: 0
369