
“Pari Sen-Jermen” klubi “Barselona” hujumchisi Ferran Torresga qiziqish bildirmoqda. Shu yozda parijliklar Bredli Barkola bilan xayrlashishlari mumkin, chunki mish-mishlarga ko'ra, u jamoadagi o'z rolidan norozi va klubdan ketish haqida o'ylamoqda.
Taniqli insayder Janluka di Martsioning xabar berishicha, agar frantsiyalik futbolchi jamoani tark etsa, “PSJ” kataloniyaliklar bilan shartnomasi bir yildan keyin yakuniga etadigan Torresni sotib olishga harakat qilishi mumkin.
Transfermarkt portali tomonidan 50 million evroga baholanayotgan 26 yoshli ispaniyalik futbolchi ham hujum markazida, ham qanotlarda o'ynash xususiyatiga ega. Yakunlangan mavsumda u “Barselona” safida barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O'qildi: 74730 - Fikirlar: 0
472