
«Barselona» klubi «Bornmut»ning frantsuzlik markaziy hujumchisi El Junior Krupining harakatlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, «ko'k-anorranglilar» Krupini Madridning «Atletiko» klubi forvardi Xulian Alvaresga ajoyib muqobil sifatida ko'rishmoqda. «Barselona»ning sport rahbariyati «Bornmut»ning yosh hujumchisi ko'rsatayotgan o'yindan hayratda qolgan va uning rivojlanishini sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Biroq ingliz klubi futbolchiga qiziqish bildirayotgan jamoalarga Krupi bo'yicha 100 million evrodan kam bo'lgan takliflarni umuman ko'rib chiqmasligini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, yosh forvardga «PSJ» va Londonning «Arsenal» klublari tomonidan ham jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda Krupi barcha musobaqalarda jami 35 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 13 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
495