
«Barselona»ning sobiq futbolchisi Jerar Pike qanot himoyachisi Mark Kukurelyaning Madridning «Real» klubiga o'tgani haqida fikr bildirdi. 27 yoshli futbolchi «ko'k-anorranglilar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2020 yilga qadar klub tizimida faoliyat yuritgan.«Kukurelya "La Masiya"dan etishib chiqqan. U bolaligidan "Barselona" emblemasini himoya qilgan, klub qadriyatlarini o'zlashtirgan va "Barselona" butun dunyodagi millionlab muxlislar uchun nimani anglatishini yaxshi bilgan. Shuning uchun ham bu qaror ["Real"ga o'tish] yanada og'riqli qabul qilinmoqda."La Masiya" tarbiyalanuvchisi bu raqobatni boshqalarga qaraganda yaxshiroq tushunadi. Agar sen "Barselona" akademiyasida voyaga etgan bo'lsang, keyin esa "Real" Madridni tanlasang, "Barselona" muxlislari bundan xursand bo'lishini kutma."La Masiya" oddiy futbol akademiyasi emas — bu o'ziga xoslikdir. "Barselona"ni tark etish mumkin, ammo "La Masiya" seni tarbiyalaganidan keyin "Real" Madridga o'tishmi? Ko'plab muxlislar uchun bu endi me'yordan oshib ketish hisoblanadi.Insonlar o'z qarorlarini qabul qilish huquqiga ega, ammo haqiqiy "Barsa" muxlisi o'z ildizlarini hech qachon unutmaydi», — dedi Pike Defensa Central nashriga bergan intervyusida.
423