
Ispaniya Segundasi pley-off bosqichining hal qiluvchi bahslari yakunlangach, La Liganing 2026/27 yilgi mavsumida ishtirok etadigan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.Pley-off finali javob uchrashuvida «Malaga» o'z maydonida «Almeriya»ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Birinchi bahsda hisob ochilmagani uchun (0:0), ikki o'yin natijasiga ko'ra «Malaga» elita divizion yo'llanmasini qo'lga kiritdi.Bundan avval «Rasing» (Santander) va «Deportivo» (La-Korunya) ham La Ligaga chiqish huquqini ta'minlagan edi.O'z navbatida, 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra «Ovedo», «Jirona» va «Malorka» yuqori divizionni tark etdi.Shu tariqa, La Liga-2026/27 mavsumi ishtirokchilari quyidagilardan iborat bo'ladi:«Barselona», «Real» (Madrid), «Vilyarreal», «Atletiko» (Madrid), «Betis», «Selta», «Xetafe», «Real Sosedad», «Rayo Valekano», «Atletik» (Bilbao), «Alaves», «Osasuna», «Valensiya», «Sevilya», «Elche», «Espanol», «Levante», «Rasing», «Deportivo» va «Malaga».Ma'lumot uchun, Ispaniya chempionatining yangi mavsumi 2026 yil avgust oyi o'rtasida start oladi. Amaldagi chempion — «Barselona».
280