
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal jahon chempionatida jamoasiga qaratilgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Dastlabki turda «qizil furiya» Kabo-Verde bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. Jarohatidan tiklanishda davom etayotgan Yamalning o'zi ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi.
«Jurnalistlar o'z ishlarini yakunlashga juda shoshmoqdalar. Atigi birinchi tur o'tdi, xolos. Ispaniya va Portugaliya bir ochkodan to'pladi. Argentina va Frantsiya g'alaba qozondi va sizlar allaqachon ularni finalga chiqarmoqchisiz. Biz jahon chempionatining atigi birinchi turini o'ynadik. Men buni tushunmayman: o'yinlardan zavqlanish o'rniga, sizlar shoshqaloqlik bilan xulosa chiqarishga oshiqasiz. Sizlar uchun Ispaniya dahshatli. Futbolni haqiqatdan ham tushunadiganlar uchun esa — unday emas», — deb iqtibos keltiradi Mundo Deportivo Yamalning so'zlaridan.
Yakshanba, 21 iyun kuni Ispaniya guruh bosqichi ikkinchi turida Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynaydi. Luis de la Fuente shogirdlari guruh bosqichidagi so'nggi o'yinni 27 iyun kuni Urugvayga qarshi o'tkazadilar.
277