
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal jahon chempionatlari tarixida 19 yoshga to'lmasidan turib o'yinda hisobni ochgan ikkinchi futbolchiga aylandi.18 yoshli forvard JCh–2026 guruh bosqichining 2-turida Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda gol urdi va tarixiy natijani qayd etdi.Bu boradagi rekord hali ham Pelega tegishli. Afsonaviy braziliyalik 1958 yilgi mundialda Uels darvozasini ishg'ol qilib, 17 yoshida mazkur ko'rsatkichga erishgan edi.Saudiya Arabistoniga qarshi bahs Yamal uchun jahon chempionatlaridagi ilk start uchrashuvi bo'ldi. U avvalgi turda Kabo-Verdega qarshi o'yinda (0:0) ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan edi.Lamin Yamal «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023 yil aprelidan buyon asosiy jamoa safida to'p surib kelmoqda. Yamal klub bilan birga Ispaniya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo'lgan. Ispaniya milliy terma jamoasi safida esa 27 ta uchrashuvda 7 ta gol va 12 ta assist qayd etgan.
308