Ispaniyada futbolchilarning uylarini o‘margan jinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi

Ispaniyada mashhur futbolchilarning uylarini o‘marish bilan shug‘ullangan jinoyatchilar guruhi qo‘lga olindi.
Marca xabariga ko‘ra, Madrid va Toledo shaharlarida politsiya tomonidan o‘tkazilgan amaliyotlar natijasida jinoiy to‘da a’zolari ushlangan. Ular orasida avval ham jinoyat sodir qilgan shaxslar bo‘lgan.
Qayd qilinishicha, guruh a’zolari «Real» va «Atletiko» klublarining mashhur futbolchilari, xususan Kazemiro, Isko va Alvaro Morata, shuningdek bosh murabbiy Zinedin Zidan uyini o‘marishgan. «Matraschilar» yarimhimoyachisi Tomas Partining uyiga esa bir haftada ikki marta o‘g‘rilikka tushishga harakat qilishgan.
Avvalroq, o‘g‘rilardan Jordi Alba, Kevin-Prins Boateng, Gabriel Paulista, Lukas Vaskes, Esekel Garay, Xoakin, Rafael Varan va Vilyam Karvalo ham zarar ko‘rgan edilar. Qo‘lga olingan jinoiy guruh a’zolarining bu o‘g‘riliklarga aloqasi bor yoki yo‘qligi ma’lum emas.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32247/+17)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)