"Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidalning advokati Ispaniya La ligasi va futbol federatsiyasi qo'shma komissiyasiga klub ustidan shikoyat kiritdi. Uning da'vosiga ko'ra, klub ushbu mavsumda futbolchiga mukofot pulini bermagan. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.Vidalning shartnomasida, agar futbolchi "Barselona"ning 60 foiz o'yinlarida ishtirok etadigan bo'lsa, 2,4 million evro miqdorida mukofot puli olishi haqida yozib qo'yilgan. Chililik o'yinchi mazkur o'yinlarning yarmida ishtirok etgani bois mukofot pulining yarmini talab qilmoqda."Ko'k-anorranglilar" rahbariyati esa pulni to'lashdan bosh tortib, buni futbolchi jamoani tark etish uchun sabab qidirayotganiga yo'ymoqda.Avvalroq Vidal "Inter" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgani va yanvar oyidayoq Italiya chempionatiga ko'chib o'tmoqchi ekani haqida xabar tarqalgan edi.
28-Dekabr 2019,09:20