Lionel Messi futbolchi tez-tez intervyu berishni xush ko'rmasligidan xabaringiz bor. Shu sababli, uning fikr va mulohazalari ko'plab futbol muxlis va mutaxassislariga qiziq desak, adashmagan bo'lamiz. Bugun argentinalik futbolchi tomonidan berilgan eng so'nggi intervyuni e'tiboringizga havola etamiz.
"Men Samuelning aytgan so'zlarini yaxshi eslayman. O'shanda u menga “sen gol kiritadigan kunlar hali oldinda. Sababi, hozir senda juda ko'p imkoniyatlar mavjud, lekin sen ularning barchasidan foydalanmayapsan”, degan edi. Bir kun kelib uning aytganlari amalga oshdi. Men o'z imkoniyatlarimni amalga oshirishni boshladim.
Har safar maydonga chiqar ekanman, gol kiritish haqida juda kam o'ylayman. Asosan o'yin haqida bosh qotiraman.
Ispaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lish musobaqaning saviyasini inobatga olsak, bu o'zgacha yutuq. Ochig'ini aytsam, bu men o'rnatgan eng e'tiborga molik rekord.
Men raqib darvozabonlarni o'rganaman. Ayniqsa, jarima zarbalari chog'ida o'zlarini qanday tutushlari bilan qiziqaman. Ular zarba chog'ida harakat qilishadimi yoki o'z pozitsiyalarida qolishadimi degan savolga javob olish uchun ham ularni kuzataman. Shuningdek, zarbaga qanday reaktsiya bildirishlari va jonli devorni qanday o'rnatishlari ham men uchun qiziq. Buning barchasi haqiqat. Eng muhimi esa, mashg'ulotlarda qattiq mehnat qilish. Men aynan mashg'ulotlar sababli kuchliroq bo'lib boryapman".
30-Dekabr 2019,08:30