Kasallikka bardosh bergan murabbiylar
Sizning e’tiboringizga kasallikka bardosh bergan holda futbolni birinchi o‘ringa qo‘ygan murabbiylar haqidagi maqolani taqdim etamiz.
Yozda “Bolonya” murabbiyi Sinisha Mixaylovich lekemiya bilan og‘rigani haqida xabar berilgan edi.
Og‘riq kuchliligi 50 yoshli murabbiyni doktorga murojaat qilishga va kasalxonada yotishga majbur qildi. Ko‘pchilik nashrlar murabbiyning faoliyatini yakunlashi haqida yoza boshladi. Ammo unday bo‘lmadi. Sinisha chiqish qilib, nafaqat kasallik bilan kurashishini, balki zavq olib keladigan ishini tashlamasligini aytdi.
Hozirgacha Mixaylovich 3 marta kimyoterapiya kursini o‘tkazdi va analizlari yaxshi chiqishiga va butunlay tuzalib ketishiga umid bog‘layapti. Italiyalik muxlislar ham uning tuzalishini va qaytishini intizorlik bilan kutishmoqda.
Sizning e’tiboringizga kasallikka bardosh bergan holda futbolni birinchi o‘ringa qo‘ygan murabbiylar haqidagi maqolani taqdim etamiz.
Oskar Tabares
72 yoshli urugvaylik mutaxassis 2016 yildan beri Giene-Barre sindromi deb nomlanadigan nevrologik kasallikdan qiynaladi. Bu sindrom murabbiyning aktivligiga ta’sir ko‘rsatyapti va jismoniy holsizlikni keltirib chiqaryapti. Bu sindromga chalinganlar falaj bo‘lib qolishi ham mumkin. Shunga qaramasdan Tabares murabbiylik faoliyatini davom ettiryapti. U hali ham Urugvay terma jamoasi murabbiyi.
“Men fizioterapevtlar buyurgan bir qancha mashqlarni kun davomida bajaraman. Organizmim ko‘targancha shifokorlar ko‘rigidan o‘taman. Barchasi men dunyodan va futboldan ketishni istamaganim uchun. Shunday kunlarim bo‘ladiki, men o‘zimni judayam yaxshi his qilaman, shunday kunlar bo‘ladiki, og‘riq o‘z so‘zini aytadi. Har qanday vaziyatda ham men bu kasallik meni engishiga yo‘q qo‘ymayman”
Xoakin Kaparros
Shu yilning aprel oyida 64 yoshli ispan murabbiyi unda leykemiyaning surunkali formasi mavjud ekanligini tan oldi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan u “Sevilya”ni boshqardi va mavsumni 5-o‘rinda yakunladi. Yoz oyida esa murabbiylik postini tark etdi va endi boshqa jamoalardan taklif kutyapti. U murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchi emas.
“Menda surunkali leykemiya bor. Men normal hayot kechirishni istayman va o‘z ishimdan zavq olishni ham. Men davolanmadim. Jamoa meni faoliyatimni davom ettirishga ruxsat berayotganidan xursandman” – degan edi may oyida Kaparros.
Eugen Nyagu
2019 yilning iyul oyida Ruminiya chempionatida noxush holat yuz berdi. “Dinamo” va “Universitat” jamoalari o‘rtasidagi bahsda poytaxt jamoasi murabbiyi eugen Nyagu o‘zini yomon his qildi. Shifokorlar zudlik bilan unga yordam ko‘rsatishdi va aniq bo‘ldiki, murabbiyda yurak bilan bog‘liq jiddiy muammo bor. Murabbiy o‘yin paytini o‘zida yurak xurujiga uchragandi. Shu voqeadan keyin u murabbiylik postidan ketishga majbur bo‘ldi.
52 yoshli murabbiy shifoxonadan tez chiqdi. Yana futbolga qaytdi va hozirda Ruminiyaning “Germanshtadt” jamoasini boshqaryapti.
Eduardo Berisso
2017 yilning 22-noyabrida “Sevilya” jamoasi bosh murabbiy eduardo Berissoga rak tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi. Bir haftadan keyin murabbiyni operatsiya qilishdi, 3 haftadan keyin esa qoniqarsiz natijalar tufayli jamoa murabbiyni iste’foga chiqardi. Berisso davolandi. O‘z sog‘lig‘iga e’tiborni kuchaytirdi. 2018 yilning martida esa jurnalistlar oldida chiqish qilib, murabbiylik faoliyatini davom ettirishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Men kasallikni engdim. U endi o‘tmish. Endi esa murabbiylik faoliyatimni davom ettirishni istayman.” – dedi Berisso.
O‘tgan yilning may oyida Berisso “Atletik” jamoasida ish boshladi. Lekin yil oxirida iste’foga chiqarildi. Keyinchalik esa 2019 yilning fevral oyida Pragvay terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
***
Bu murabbiylar kasallikni engib o‘ta olgan, oxirigacha kurashgan insonlar. Shunday murabbiylar borki, o‘z umrining so‘nggi daqiqalarini ham murabbiylik postida o‘tkazgan. Endi shu murabbiylarni yodga olamiz.
Klas Ingesson
Shvetsiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi, terma jamoa bilan Evro-1992 bronza medali sohibi 2001 yilda o‘z faoliyatini yakunladi. 8 yil o‘tgach, Ingessonga Mielom kasalligi tashxisi qo‘yildi. Klass kasallik bilan kurashdi, uni engib chiqadigandek ko‘rindi. 2010 yilning dekabrida Ingesson “Elfsborg”ning yoshlar jamoasida murabbiy sifatida ish boshladi. 2 yildan so‘ng esa asosiy jamoaga o‘tdi.
2013 yilda esa murabbiy kasallik yana qo‘zg‘agani haqida gapirib o‘tdi. Shifokorlar u operatsiya qilinishi kerakligini aytishdi. 2014 yil 29-oktabrda esa murabbiy hayotdan ko‘z yumdi…Tito Vilanova
Ko‘p yillar davomida yordamchi murabbiy bo‘lib ishlagan Tito Vilanova 2012/2013 yilgi mavsumda “Barselona” jamoasi bosh murabbiyiga aylandi.O‘sha mavsumda nashrlar murabbiy kasallik bilan olishayotgani haqida yozishni boshlashdi. O‘sha mavsumda jamoa chempionlikka erishgan bo‘lsa-da, Tito sog‘lig‘idagi muammolar tufayli iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.
2014-yil 25-aprelda Vilanova hayotdan ko‘z yumgani ma’lum bo‘ldi. Tito 45 yoshda edi va “Barselona” uning hurmati uchun mashg‘ulotlar bosh maydonini uning nomiga o‘zgartirishdi.
Stephan_El_Shaarawy
30-Dekabr 2019,15:28
30-Dekabr 2019,15:28
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (1)
I
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30186/+18)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)