Katoloniyaning “Barselona” klubini boshqarishi tahmin qilingan murabbiy har doim ham intervyu beravermaydigan toifadandir. Shu sababli, Xavi aytgan har bir so'z deyarli iqtibos darajasiga ko'tarilib ketadi. Bugun Xavi aytgan eng mashxur iqtiboslarni yodga olib o'tamiz.
“Barselona” haqida
Men doimmo Evropada faqat va faqat “Barselona”da to'p suraman deb va'da bergan edim. O'z so'zimning ustidan chiqdim. “Kamp Nou” stadioniga boshqa jamoa libosida chiqishni hech qachon tasavvur qilmaganman.
Mashxurlikka erishishi
Men haqimda 2008-yildagi Evropa chempionatidan so'ng tinimsiz so'zlashni boshlashdi. Men doim bir hil pozitsiyada harakat qilgan bo'lsamda, aynan o'sha musobaqa menga mashxurlik olib keldi. Buning sababi, men qit'a birinchiligiga kelib futbolchi sifatida professional o'sishga erishgan edim va juda hotirjam edim. Mashxurliknin kaliti aynan shu deb o'ylayman.
Ijtimiy tarmoqlar
Menimcha ijtimoiy tarmoqlar futbolchilar uchun muxlislar bilan yaqinroq bo'lish imkoniyatini yaratadi. Eng muhimi esa, hech qanday majburiyatlarsiz ular bilan aloqaga kirishish mumkin. Mening ijtimoiy tarmoqlarga munosabatim ijobiy.
“Barselona”ning g'alabalari haqida
Katoloniya klubining 21-asrdagi barcha g'alabalari zamirida “La Masiya” akademiyasining tutgan o'rni beqiyos.
Frank Reykard haqida
U menga ishonmadi. Doimmo menda kuchli jismoniy tayyorgarlikni talab qildi. Aytishicha, futbolchi uchun aynan shu omil ulkan g'alabalar olib kelarmish. Bir qarashda uning fikrlarini o'z tastig'ini hayotda topayotganiga guvoh bo'lyapman.
O'zi haqida
Men romantikman. Shuningdek futbolchilarning jismoniy imkoniyatlari emas, tehnik salohiyati qadrlanayotganidan ham mamnunman. Agar, futbol jimoniy kuchga to'liq tayansa, o'zining asl jozibasini yo'qotib qo'ygan bo'lar edi.
OAV
Men turli sport gazetalarini va internetdagi maqolalarni o'qib turishni xush ko'raman. Sababi, futbol menning hayotim. Bundan tashqari, bu mening ishlab pul topishim manbayi ekanligini unutmaslik lozim. Shu sababli, undagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lib turishim shart.
Futbolni analiz qiluvchi yangicha zamonaviy uslublar haqida
Bugungi kunga kelib bir futbolchining o'yin davomida necha bor to'p uzatishni amalga oshirgani, yoki to'pni yo'qotib qo'yganini hisoblash juda oson. Zamonaviy murabbiylarning qo'llarida o'yinning molekulalarigacha tahlil qilish imkoniyati mavjud. Men o'zim to'p surgan chog'larda hech qachon statistik ma'lumotlarga e'tibor qaratmaganaman. O'yin tugagach, qabul qilgan har bir qaroromni qarorlarimning qay biri to'g'ri yoki noto'g'ri bo'lganini haqida o'ylar edim. Hech qachon raqamlarga e'tibor qaratmaganman. Futbolchi uchun bu to'g'ri tanlov deb hisoblayman.
Messi haqida
Leo men uchun barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi. Menimcha u 22 yoshidayoq sayyoramizning eng kuchli futbolchisiga aylanib bo'ldi. Shu kunga qadar hech kim u bilan tenglasha olmayapti. Messi faqat o'zi bilan o'zi kurash olib boryapti. Bu kurashda u ba'zan enggadi ba'zan esa engiladi. Agar u bilan bir jamoada to'p surib maydonda kerakli tandem hosil qilishni uddalay olmasangiz, futboldan keting! Bu aniq siz uchun emas.
Angliya haqida
Bizda “Liverpul” yoki “Manchester Yunayted”ning muxlislari bo'lganida 20 marta EChL kubogini qo'lga kiritgan bo'lar edik. Ispaniyada muxlislar o'yin ular istagan ko'rinishda boshlanmasa, stadionni darrov tark etishni boshlaydi.
O'yin falsafasi
To'pni nazorat qilgan – o'yinni ham nazorat qiladi!
Kataloniya va Madrid
Men katoloniyaliklarman. Bu erda mening qonim to'kilgan. Madrid Kataloniyani hurmat qilishi haqida tinmay so'zlamoqda, biroq biz bilan dialogga kirishishdan cho'chimoqda. Bu xuddi sizning yaqin do'stingiz qo'ng'iroq qilganingizda telefonini ko'tarmaganidek gap.
U havas qilgan futbolchi
Skouls chinakam yarim himoyachilar uchun na'muna vazifasini o'tab berishga qodir. U men ko'rgan futbolchilar ichida eng zo'ri. Pol men orzu qilgan barcha imkoniyatlarga ega edi. Jismonan baquvvat, so'nggi pasga ega va maydonni juda yaxshi ko'ra olar edi. Eng muhimi hech qachon to'pni yo'qotmas edi.
O'z pozitsiyasi haqida
Men maydonda to'p surayotgan chog'im hech qachon biror pozitsiyada muhim harakat qilmaganman. Qaerda to'p bo'lsa, doimo o'sha erda paydo bo'lar edim. Mening vazifam bo'sh zonalar yaratish va sheriklarimga erkinroq o'ynash imkoniyatini yaratib berishdan iborat edi.
Futbolda yashab qolish
Menga doimmo ingiliz futbolining tezligi manzur kelgan. Afsuski, qancha harakat qilsam ham tabiyat meni jismoniy imkoniyatlardan cheklagan edi. Shu sababli maydonda “miyaga” aylanishdan boshqa chora qolmadi. Men shu orqali katta futbolda jon saqlab qoldim.
O'yin yoki Natija? Qay biri muhim?
Futbolni g'alaba qozonish uchun oynashadi, biroq menimcha natija doimmo birinchi o'rinda bo'lishi mumkin emas. Birinchi navbatda futbolchilar o'yindan rohat olishi va muxlislarga zavq ulashishi kerak. Natija doimmo yolg'onchi bo'ladi. Ba'zi o'yinlarda zo'r o'ynab ham yutkazish mumkin. Ba'zan esa yomon o'ynab ham g'alaba qozonish hech gap emas.
O'z orzusi haqida
Bu haqida takror va takror so'zlashdan charchamayman. Men “Barselona”ni boshqarishni orzu qilaman va vaqti kelganida o'z niyatimga etishaman degan umiddaman. Hozircha Katoloniya klubining o'z murabbiyi bor. Men esa, o'z ish o'
17-Yanvar 2020,21:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0