Transfer olamidagi yangiliklar

Ushbu ruknimizdagi eng so'nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Nyukasl” qishda transfer amalga oshiradi
Angliyaning “Nyukasl” klubi qishki transfer oynasi yopilguniga qadar o'z safini yangi futbolchilar bilan to'ldrib oladi”- deb xabar bermoqda “The Sun” nashri.
Klub murabbiyi Stiv Bryusning ma'lum qilishicha, jamoa rahbari Maykl Eshli qishki transferlar uchun klubga 50 million evro ajratishga qaror qilgan.
Hozircha, jamoa nishonida turgan futbolchilarning nomi ma'lum qilingani yo'q.
Chong Italiya grandalari e'tiborida
“Manchester Yunayted” klubining yosh va iqtidorli futbolchisi Taxit Chong uchun kurashga Italiyaning bir yo'la ikki grand klubi qo'shildi. Bu haqida “Tuttosport” nashri ma'lum qilmoqda.
Ayni damda, vingerning hizmatlari bilan “Napoli” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. Gollandiyalik futbolchining o'zi ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun boshqa jamoaga o'tishga qarshi emas.
Futbolchi va klub o'rtasida tuzilgan shartnoma yozda o'z yakuniga etgani bois, uning xaridorlari tobora ortib bormoqda.
“Napoli”ning Chong uchun kurashga kirishganiga qaramay, asosiy nomzod “Yuventus” bo'lib turibdi. Turinliklar futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborishga ham ulgurishgan.
“Real Madird” himoyachi izlamoqda
Madridning “Real” jamoasi Serhio Ramosning o'rnini bosishga qodir himoyachi izlashda davom etayotganidan xabaringiz bor.
“Mundo Deportivo”ning ma'lum qilishicha, klub Ramosning o'rnini bosa olishga qodir futbolchi obrazida “Sevilya” himoyachisi Diego Karlosni ko'rmoqda.
26 yoshli braziliyalik himoyachiga shuningdek “Liverpul” klubi ham ko'z tikib turibdi. «Enfild» egalari uni Virjil Van Deyk bilan tandem hosil qilishni ko'zlashmoqda.
“Sevilya” o'z himoyachisini 75 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas. Agarda, klub himoyachi uchun narxni kamaytirmasa, “Liverpul” uning transferidan voz kechishi mumin.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32248/+14)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)