«Barselona» bugun Ispaniya La ligasining 20-turi doirasida «Granada»ga qarshi maydonga chiqishiga qaramay, klubning yangi bosh murabbiyi Kike Seten futbolchilarni ertalabki mashg'ulotga taklif etdi.Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko'ra, mahalliy vaqt bilan 11:00da boshlangan mashg'ulotda asosan nazariy bilimlar beriladi. O'yinchilar maydonda shug'ullanishmaydi.Shuningdek, ushbu mashg'ulotdan keyin murabbiy bugungi o'yinda maydonga tushishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qiladi. Shu tariqa, Seten avvalgi murabbiy Ernesto Valverde davrida urfga kirgan o'yindan bir kun avval qaydnomani e'lon qilish an'anasini buzdi.Bunday yo'l orqali kataloniyaliklar bosh murabbiyi futbolchilar maydonga maksimal tayyor holatda tushishiga va ularning bo'shashmasligiga erishmoqchi.
19-Yanvar 2020,15:10
O'qildi: 42 - Fikirlar: 0