Ertaknamo debyutlar
Darhaqiqat, futbolchilarning yangi jamoasidagi ilk uchrashuvi juda muhim. Muxlislarda va jamoa murabbiylarida yaxshi taassurot qoldirishning eng oson yo'li chiroyli debyut o'tkazish desak, adashamgan bo'lamiz. Bugun o'z faoliyatida ana shu ishni ustalik bilan bajargan futbolchilar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Erling Xoland, “Borussiya Dortmund”, 2020 yil
Norvegiyalik futbolchining debyuti ikki hissa kuchliroq effekt berdi. Sababi barchaga ma'lum. «Augsburg»ga qarshi uchrashuvning 56-daqiqasida maydonga tushganida, jamoasi 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchrayotgan edi. Erling maydonga tushganidan 3 daqiqa o'tib hisobni qisqartirgan bo'lsa, keyinchalik Sancho muvozanatni tikladi. Ko'p o'tmay iqtidorli hujumchi to'g'ri pozitsiya tanlash va golni sezish qobiliyatlarini ishga soldi va raqib darvozasiga yana ikkita gol kiritishni uddaladi. “Borussiya” uchun juda qiyin boshlangan uchrashuv, chinakam dramtik ko'rinish oldi. Hakamning final hushtagi yangraganida tablodagi hisob 3:5 ni ko'rsatib turar, barcha dortmundlik muxlislar Xolandning fantastik debyutidan kichik shok holatiga tushib qolishgan edi. Bundesliga osmonida o'sha oqshom yangi yulduz charaqlagandek tuyuldi. Yana kim biladi deysiz?!
Ueyn Runi, “Manchester Yunayted”, 2004 yil
“Manchester Yunayted” ustozi chinakam futbol dahosi edi, desak ishonavering! Bilasizmi, Ser Aleks Ronaldu uchun 19 million evro to'laganida, rahbariyat uni keskin tanqid qilgan ekan. Bir yildan so'ng murabbiy “Everton”ning 18 yoshli futbolchisi uchun 37 milliondan qo'rqmay voz kechib yuborgach, jamoaning direktorlar kengashi uni aqldan ozganga chiqarishgacha borgan.
Ko'p o'tmay, barcha tanqidchilar bir necha hafta ko'chaga chiqa olmay qolishdi. Sababi, Runi o'zining debyut uchrashuvini shu qadar kuchli o'tkazdiki, Ser Aleksga bo'lgan hurmat yanada oshib ketdi. EChL uchrashuvi doirasida “Fenerbahche”ni qabul qilgan “qizil iblislar” raqibni 6:2 hisobida tor-mor keltirishdi. Runi esa xet-trik va assistni o'z hisobiga yozib qo'ydi. Oradan yillar o'tdi. Ajoyib debyut qilgan o'spirin megayulduzlar to'p surgan klub tarixidagi eng yaxshi to'purarga (253), uni jamoaga olib kelgan murabbiy futbol afsonasiga aylandi.
Alvaro Rekoba, “Inter”, 1997 yil
“Xitoylik”ning debyuti biroz o'zgacharoq ko'rinish olgan. Unda siz gollar shousini ko'rmasligingiz aniq, biroq…
1997-yil. “Inter” va “Breshiya” to'qnashuvi. O'sha kuni fenomen Ronaldo o'zining debyutini o'tkazmoqda. Qizig'i shundaki, “Inter” hisobda ortda qolmoqda. Murabbiy katta umid bog'langan Ronaldo naf bermagach, zaxiradan urugvaylik chapaqay Rekobani maydonga tashladi. Keyinchalik “Inter” tiffozilarining hurmatini qozonadigan futbolchi deyarli 40 metr masofadan to'pni darvozaga mixlab qo'ydi va hisobni tenglashtirdi. O'zining debyut uchrashuvi orqali nom qozongan futbolchining gollini afsonaviy “so'yloq” ham qarsaklar bilan kutib olgan edi o'shanda! Futbol olamining o'rganilmagan durdonasi sifatida tarixda qolgan Alvaro Rekoba mana shu tariqa KATTA futbolga kirib kelgan edi!
Buffon, “Parma”, 1995 yil
Hujumchilar uchun yorqin debyut o'tkazish uchun gol kiritishning o'zi kifoya ekanligi hech kimga sir emas. Darvozabonlar uchunchi?
Buffon ilk uchrashuvi 1995-yil “qo'rqinchli” “Milan”ga qarshi o'tkazgan edi. O'sha oqshom Buffon darvozasiga Vea, Boban, Badjo, Maldini, Simeone va Albertini singari futbolchilar gol kiritishni uddalay olishmadi. Sababi, darvozani o'sha uchrashuvda 17 yoshli Jiji Buffon fenomenal tarzda himoya qilgan edi. Ayniqsa, o'yin so'nggida “Milan” uyushtirgan shturmda Buffon chinakam qahramonlik ko'rsatadi. Nursiz durang bilan yakunlangan uchrashuvdan so'ng, “Milan” ustozi Fabio Kapello Buffon haqida ta'sirli nutq so'zlgan edi.
Romario, “Barselona”, 1993 yil
Braziliyalik futbolchi Kataloniya klubiga kelganida 27 yoshda edi. Ayni damda siyosat bilan shug'ullanayotgan Romario hech qachon futbolga jiddiy yondoshmagan. Ma'lumotlarga qaraganda, Ramario hech qachon jamoa bilan mashg'ulotlar o'tkazmac, bu haqida undan so'rashganida: “Mashg'ulotni futbol o'ynashni bilmaydinganlarga chiqargan” deb javob berrar edi.
Uning “Barselona” safidagi debyuti ham o'zgacha bo'lgan. 1993-yil. “Kamp Nou” stadioni. Raqib — «Real Sosedad». Stadionga tashrif buyurganlarning deyarli barchasi Ramarioning nimalarga qodir ekanligini ko'rish ilinjida. Ronaldoga qadar “Selesao”ning birinchi raqamli hujumchisi bo'lgan Ramario vazifani ortig'i bilan bajarishga muvaffaq bo'ladi. Taxmin qilganingizdek, u ham o'z hisobiga uchta golni yozib qo'yadi. E'tiborlisi shundaki, u kiritgan gollarning barchasiga Pep Gvardiola assistlik qilgan. Bu gollarning uchinchisini alohida ko'rsatishga qaror qildik.

Coutinho_14
20-Yanvar 2020,18:07
20-Yanvar 2020,18:07
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30182/+26)
UzFIFA Yangiliklari (21.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (21.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
15-Noyabr
13:42
09:20
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)