«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten Ispaniya La ligasining 21-turi doirasida bo'lib o'tgan «Valensiya»ga qarshi o'yin (0:2) borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.«Birinchi bo'limda biz yomon harakat qildik. Biz noto'g'ri pozitsiya tanladik va aniqlik etishmadi.Birinchi bo'limdagi o'yinimizga baho berishimiz kerak. Ba'zi narsalarni biz hali tushunib etmayapmiz yoki men etarlicha tushuntirib bera olmayapman.Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik va gol urish uchun yaqqol vaziyatlarga ega bo'ldik. Afsuski, ulardan foydalana olmadik va ikkinchi golni o'tkazib yubordik.Ochig'ini aytish kerak, «Valensiya» birinchi bo'limda ko'prog'iga loyiq edi. Biz yomon harakat qildik va hali ko'p narsaning ustida ishlashimiz zarur.Raqiblar Fati va Messi qarshi yaxshi o'ynashdi. Bu alamli mag'lubiyat. Buni tezroq unutishimiz kerak», – dedi Seten.Eslatib o'tamiz, «Barselona» La liga doirasida 2007 yildan beri ilk marta «Mestalya» stadionida «Valensiya»ga yutqazdi.
25-Yanvar 2020,23:40