Futbol tarixidagi eng uzun shartnoma egasi kim?
Hozirda futbolchilar va klub o'rtasida tuzuladigan shartnomalarning o'rtacha uzunligi 3 yildan oshmayapti. Bunday yo'l tutish orqali ikki tomonham ehtiyotkorlikni birinchi planga olib chiqishmoqda. Shunga qaramay, barcha futbolchi va klublar shu yo'ldan borishmoqda deb bo'lmaydi. Yaqindagina «Atletiko Bilbao» klubi o'z futbolchisi Inyaki Uilyamsga 9 yillik shartnoma taklif qildi va futbolchi ham taklifni rad etmadi. Xo'sh futbol tarixida eng hayratlanarli darajada uzun shartnomaga ega futbolchilar haqida yana nimalarni bilamiz? Bugun ushbu mavzu atrofida so'z yuritamiz.
Saul
Ispaniyalik futbolchi 20 yoshga to'lmasidan oldin «Atletiko Madrid»ning etakchi futbolchisiga aylangan va uning atrofida grand klublar ko'paya boshlagan edi. Ayniqsa 2016/17-yilgi mavsumda futbolchi barchaning e'tiborini qozondi va jamoasining EChLda yarim finalga qadar etib borishida katta rol ijro etdi. O'sha yili yoshlar o'rtasida bolib o'tgan jahon chempionatining finaliga qadar etib borgan Saul musobaqaning to'puariga aylandi va yanada mashxur bo'lib ketdi. Ayniqsa, «Barselona» futbolchi bilan jiddiy qiziqib qoldi. «Matraschilar» Saulni o'z jamoasida olib qolish uchun 9 yillik shartnoma taklif qiladi. Futbolchi klub tomonidan berilgan shartnomaga o'ylab o'tirmasdan qo'l qo'ydi va 2026-yilga qadar Madrid jamoasida to'p suradigan bo'ldi. Bu «Atletiko Madrid» jamoasining so'nggi 50 yil ichida taklif etgan eng uzoq muddatli shartnomasi sifatida tarixda qolishi aniq.
Denilson
1998-yilda bo'lib o'tgan jahon chempionatida porlagan Denilson musobaqa oldidan Ispaniyaning «Betis» jamoasiga 23 million funt sterling evaziga o'tadi va dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylanadi. «Betis» o'z yulduzini iloji boricha ko'proq klubda saqlab qolish uchun unga 11 yillik shartnoma taklif etadi. Futbolchi uzoq o'ylab o'tirmasdan rozi bo'ladi. Oradan 4 yil o'tib u Jahon chempionatida g'olib bo'lishni uddalagan bo'lsada, «Betis» klubini yangi darajaga olib chiqa olmadi. Futbolchi o'z klubida faqat bir bor 2005-yilda Ispaniya kubogiga ega chiqishnigina uddaladi xolos. Futbolchi 7 yil davomida Ispaniyada qoldi. Qahramonimiz o'z sport formasini yo'qotib qo'ygani bois zahiradan muqim o'rin olgach, uni «Bordo»ga sotib yuborishdi.
Leionel Messi
Argentinalik daho haqida uzoq so'zlashdaning xojati yo'q, chamamda. Futbol olamida barchaga barchasini isbotlashga muvaffaq bo'lgan qahramonimiz bundan bir necha yil ilgari uzoq muddatli shartnoma imzolagani bois bugungi rshyxatda mavjud. Futbolchi 2004-yilda klub bilan o'zining ilk shartnomasiga qo'l qo'ygan bo'lsada, yil oxiriga qadar «Barselona» futbolchi bilan shartnomani ikki bor uzaytirishga qaror qiladi. 2005-yilga «Barselona» futbolchi bilan shartnomani 2014-yilga qadar cho'zadi va bu qaror yuz foiz o'zini oqlaydi. Messi hech qaerga ketmasligini ich-ichidan his etganicha, bor e'tiborini maydonga qaratadi va rekordlar ketidan rekordlar o'rnatishga tushib ketadi. Shu o'rinda aytib o'tish lozim, «Barselona» Leo uchun har safar moddiy tomondan juda qulay shartnomalar taklif qilgan va argentinalik futbolchi uzoq muddat davomida dunyoning eng katta maosh oluvchi futbolchilari ro'yxatini boshqarib borgan. Ma'lumotlarga qaraganda, «Barselona» o'z etakchsi uchun yangi shartnoma taklif qilish haqida bosh qotirmoqda. Ko'ramiz, bus afar ham Katoloniya super klubi futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif eta olarmikan?
Andres Inesta
Ispaniyalik futbol afsungari butun umrini «Barselona»ga bag'ishlagan bo'lsada, klub futbolchi uchun bir necha bor uzoq muddatli shartnoma taklif qilishda davom etadi. 2017-yilga kelib «Barselona» 32 yoshni qarshi olgan futbolchiga butun umrlik shartnoma taklif qiladi. Bu futbolchi o'zi istamaguniga qadar klubda qolish degani edi. Katoloniya klubining bunday yo'l tutganidan klub muxlislarining boshi osmonga etgan bo'lsada, ushbu shartnoma asosida Andres atigi bir mavsum to'p surdi va Yaponiyaga yo'l oldi. Futbolchi klubdagi o'z o'rnini yoshlarga bo'shatib berishni reja qilganini muxlisalr keyinchalik anglab etishdi va unga bo'lgan xurmatlari yanada oshdi.
Iker Kasilyas
2008-yilda Madridning «Real» jamoasi o'z darvozaboniga butun umrlik shartnoma taklif etgan ilk klub sifatida tarixga kirdi. Bunga qadar birorta klub o'z futbolchisi uchun butun umrlik shartnoma taklif qilmagan edi. Kasilyas ushbu shartnomaga qo'l qo'ygach, barcha kutganidek faoliyati so'nggiga qadar «qaymoqranglilar»safida qolmadi. Ispaniyalik afsonaviy darvozabon jamoada 7 mavsum davomida to'p surdi va mavjud bo'lgan barcha musobaqalarda g'olib chiqishga muvaffaq bo'ldi. 2015-yilda klub va uning muxlislari bilan xayrlashgancha Portugaliyaning «Portu» jamoasiga o'tib ketdi.
Coutinho_14
18-Oktyabr 2019,23:09
18-Oktyabr 2019,23:09
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30184/+25)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
15-Noyabr
13:42
09:20
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)