U Leo bilan o'ynash orzu ekanligini aytgandi.
Yakshanba kuni gollandiyalik Stiven Bergvayn Premer-liga qahramoniga aylandi. U "Tottenxem"da debyut qildi va birinchi zarbani golga aylantirdi. 22 yoshli yigitning o'yinidan hamma xursand.
Yakshanba kuni esa La Liganing qahramoni Fati edi. U tarixiy dubl qayd etdi. 17 yoshli yigitcha “Barsa”ga g'alaba olib kelganidan hamma xursand.
Ikkala hikoya ham chiroyli, ammo shu bilan birga Fatiniki qiziqroq: u kelajakda “yirtqich hayvon”ga aylanishi mumkin, garchi 22 yoshli Bergvayn bilan taqqoslaganda go'dakka o'xshab ko'rinsa ham.
• "Barselona" "Valensiya"dan uchralgan 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin g'azabda edi. “Levante”ga qarshi o'yinda yirik hisobdagi g'alabani kutgandi ko'pchilik, ammo natija kamtarona bo'ldi – 2: 1. Bundan tashqari, ikkala gol ham birinchi bo'limda kataloniyaliklar tomonidan kiritildi – bu Fatining samarasi.
Fati atigi 100 soniya vaqt sarfladi, ikkalasida ham Messi unga yordam berdi. Uchrashuvning 30-daqiqasida u Ansuni yakkama-yakka vaziyatga chiqardi. Oradan biroz vaqt o'tgach, Leo jarima maydonchasiga kirib bordi va sherigini yana bir zargarona pas bilan ta'minladi. Fati ikkala uzatmaniyam golga a ylantirdi.
Shunday qilib, Fati La Ligadagi eng yosh dubl muallifiga aylandi (17 yoshu 94 kun). Oldingi rekord "Malaga" ning sobiq yarim himoyachisi Xuanmi Ximenezga tegishli edi (u 21 kun katta edi), hozir u "Betis"da o'ynaydi. 2010 yilda u "Saragoza"ga ikkita gol urgandi.
• Fati nafaqat gol urdi, balki ajoyib o'yin ko'rsatdi ham. Kike Seten uning himoyadagi o'yinini yuqori baholadi: "Fati rivojlanmoqda, uning imkoniyatlari katta. Bugun u gollar urdi va jamoaga katta yordam berdi. Ammo uning himoyadagi faoliyati haqida gapirish kerak – u himoyada ham ajoyib harakat qildi».
• Messi gol urmasa ham, u baribir La Liganing eng yaxshi to'purari bo'lib qolmoqda va eng yaxshi assistentga aylandi: hozir 17 o'yinda u 8 +14 ochkoga ega. O'yindan keyin Fati Leodan juda minnatdor bo'lib, u bilan sodir bo'layotgan narsalarga ishonolmayotganligini aytdi: "Men har doim shu lahzani orzu qilardim va bugun orzuim ushaldi. Men Messining o'yinlarini ko'p yillar davomida kuzatganman. U bilan o'ynash – bu tush. Asta-sekin men nima bo'layotganiga ishona boshlayman».
Messi Fati bilan iliq munosabatda. 2019 yil sentyabridagi debyutidan keyin Leo juda yaxshi fikr bildirdi: "Men uni juda yaxshi ko'raman, unga yordam berishga harakat qilaman, uni qo'llab-quvvatlayman.
Ammo men Fati “Barselona”da boshlaganimda bo'lgani kabi, asta-sekin kuchayishi kerak, deb o'ylayman. Unga juda ko'p bosim o'tkazmaslik lozim. Siz uning juda yosh ekanligini inobatga olishingiz darkor. Umid qilamanki, Fati eng yaxshilaridan biri bo'ladi”.
Oldinda "Barcelona"ni "Real" bilan og'ir poyga kutyapti. Fati esa hozirga holatda ana shu poygada o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega.
Va Messi unga yordam beradi.
3-Fevral 2020,16:30