"Barselona" sport direktori Erik Abidal nima uchun Ernesto Valverde iste'foga chiqarilganini aytdi."Yozda jamoa prezidenti Valverde bilan shartnoma uzaytirish haqida qaror qabul qildi. O'shanda natijalar orqali emas, o'yin sifati, taktika va futbolchilarning mehnatini tahlil qilish orqali bunday qarorga kelingan edi. Ammo "Real"ga qarshi o'yindan keyin (0:0) biz yangi murabbiy izlashni boshladik. Ko'p futbolchilar Valverdening ishidan norozi bo'la boshladi va to'la kuch bilan ishlamay qo'yishdi. U jamoani boshqarishda muammoga duch kela boshladi. Shuning uchun uni iste'foga chiqarishga qaror qilindi.Setenda "Barselona" DNKsi bor. U jamoani sevadi va ishlashni biladi. Jamoada munosabatlar to'g'ri yo'lga qo'yilishi kerak. U buni kuchliroq amalga oshirmoqda", - dedi Abidal "Diario Sport" nashriga bergan intervyusida.
5-Fevral 2020,09:20