"Barselona" yanvar oyida Alenyani sotishi mumkin.

"Barsa"da boshlang'ich tarkibda 3 ta o'rin uchun kurash olib boradigan 7 ta yarim himoyachi bor. Ushbu mavsumda Alenya ushbu mavsumning La Liga doirasi birinchi turida atigi 45 daqiqa o'ynadi.
Karles Ispaniya klubiga o'tishi mumkin, bu ijara yoki transfer bo'lishi aniq emas.
Kataloniyaning Mundo Deportivo manbasiga ko'ra, Karles Alenya agar klubdagi ahvol o'zgarmasa, "Barselona"ni qishki transfer oynasida tark etish haqida o'ylashi mumkin. Hisobotda, bu ijara yoki doimiy transfer bo'ladimi, aniq aytilmagan, ammo yarim himoyachi La Ligada bir nechta variantlarga ega.
Avvalroq, L'Eportiu Karles ushbu yozda "Real Betis"ga ijaraga berilishiga yaqin ekanligini aytgan edi. Lekin kataloniyaliklar uning ketishiga ruxsat berishmadi.
Hozirgi vaqtda "moviy-anorranglilar" ettita yarim himoyachi boshlang'ich tarkibda uchta o'rin uchun kurashmoqdalar va 21 yoshli o'yinchi "Atletik" Bilbaoga kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng ayrim o'yinlarda hatto qaydnomaga ham kiritilmayapti. Eslatib o'tamiz, Ernesto Valverde Alenyani boshlang'ich tarkibda maydonga tushurgan, tanaffus paytida zahiraga olingan.
O'shandan beri ispaniyalik futbolchi ettita o'yinda maydonga tushmadi va ikki marta zaxirada qoldi. Umuman olganda, u ushbu mavsumda atigi 45 daqiqa o'ynadi.
Alenya hozirda "Barselona"ning birinchi yarimhimoyachilaridan - Franki de Jong, Serxio Buskets, Artur, Ivan Rakitich va Arturo Vidaldan ortda qolayotganga o'xshaydi, shuning uchun 21 yoshli futbolchi qishda boshqa klubga o'tishi ajablanarli emas.
Alenya "Barsa" uchun 35 uchrashuvda uchta gol urdi. U kattalar jamoasiga o'tgan yili o'tkazilgan edi. Karles La Masia akademiyasida tarbiyalangan va u ham jamoani tark etishi jiddiy zarba bo'lishi mumkin.
O'xshash yangiliklar
18:54 Kelajak yulduzlari
Izoh qoldirish
Xabarlar (3)
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32250/+15)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)