Kuni kecha “Barselona” telekanalida mehmon bo'lgan Jerar Pike turli savollarga javob berib o'tdi. Suhbat davomida, Pike barcha zamonlardagi eng kuchli darvozabon, himoyachi, yarim himoyachi va hujumchi kim ekanligini aytdi va o'z tanloviga qisqacha sharx berib o'tdi.
Darvozabon
Men doimmo Viktor Valdesni barcha yosh darvozabonlar uchun o'rnak qilib ko'rsataman. Bilasizmi, u fantastik kipper bo'lmagan, biroq kerak paytda doimmo jamoamizni qo'llab yuborishni uddalagan. Ayniqsa, final uchrashuvlarida uning sovuqqonligi bizga doim qo'l kelgan. Futbol jamoaviy o'yin. Unda grad jamoalar ham darvozabonning mahoratiga muhtoj bo'lib qoladi. Biz doimmo qiyin ahvolda qolganimiz, Valdes mardonavor turib berishni uddalagan. U “Barselona” tarixida qolish uchun munosib darvozabon. Shuningdek, Viktor klubga yangi kelgan futbolchilarning tezda kirishib ketishi uchun jonkuyarlik ko'rsatadigan chianakam etakchi edi.
Himoyachi
Bu erga Puyolni qo'yaman. U men uchun huddi akamdek qadrli inson. Karlesni maydonda ham, uning tashqarisida ham doim hurmat qilaman. O'ylashimcha, u “Barselona” jamoasidagi eng kuchli sardorlardan biri edi. Uning jismoniy imkoniyatlari, ruhiy tetikligi va g'alabaga chanqoqligi meni doimo hayratda qoldirib kelgan. Unda idial himoyachida bo'lishi kerak barcha jixatlar mavjud edi. Agar, Puyolning tizasidan olgan jarohati bo'lmaganida, yana bir necha yil to'p darajada to'p surishiga ishonchim komil edi. U singari futbolchi bilan bir jamoada bo'lganimdan faxrlanaman.
Yarim himoyachi
O'ylab o'tirmasdan Xavini tanlayman. U “Barselona”ning yangi asrdagi chinakam timsoliga aylangan futbolchi. Xavi futbolga bo'lgan munosabati orqali katta inqilob qilgan shaxs. E'tibor qarating, u jismonan kuchli emas, tezkor yoki bo'ydor ham emas. U shunchaki, tez qaror chiqa olishi bilan qolganlardan yaqqol ajralib turgan xolos. Shunga qaramay, Xavi o'zining kuchli jihatidan shu qadar unumli foydalanar edi-ki, uning maydonda nima qilmoqchi ekanligini payqash mushkul edi. U barcha davrlarning eng yaxshi to'p uzatuvchi futbolchisi bo'lib qoladi.
Hujumchi
Ochig'i bu borada uzoq o'ylash mumkin, lekin men Ronaldo variyantida qolaman. “so'yloq” “Barselona” safida yosh bo'lishiga qaramay bir mavsumda 35 ta gol kiritishni uddalagan. Fenomen qanchalar kuchli futbolchi bo'lmasin, jarohatlar uni butkul “sindirib” qo'ygani rost. Ayniqsa, son qismidan olgan jarohati uni yuqori tempda to'p surishiga faoliyati so'nggiga qadar yo'l qo'ymadi. Barcha to'sqinliklarga qaramay, Ronaldo o'z iqtidorini maydonda ko'rsatishga ulgurib qoldi. Juda ham kuchli tehnika va fantastik tezlik uyg'unligi. Bunday uyg'unlik hujumchilar uchun kamyob holat. Barchasini engib o'tgan Ronaldo o'z davrining eng kuchli futbolchisi edi.
6-Fevral 2020,03:50
O'qildi: 57 - Fikirlar: 0